DXX uch nafar advokatni qo‘lga oldi 

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari Samarqand va Toshkent shahrida uch nafar advokatni qo‘lga oldi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati, 1985 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali tadbirkorga MCHJda o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llamaslikni va’da qilgan.

Buning evaziga esa u tadbirkordan 23 ming AQSH dollari talab qilib, mazkur pul mablag‘ini olgan vaqtda ushlangan.

Shuningdek, Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi advokatlik firmalaridan birining advokati fuqarodan 12 ming AQSH dollari olgan vaqtda ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, advokat go‘yoki mansabdor tanishlari orqali fuqaroning turmush o‘rtog‘iga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosini boshqa yengil turdagi jazoga o‘zgartirib berish evaziga 9 ming AQSH dollari hamda fuqaroga muqaddam yuridik xizmatlarni ko‘rsatgani uchun advokatlik to‘lovlarini amalga oshirgan bo‘lishiga qaramasdan, sudga xarajat qilganini ro‘kach qilib, tamagirlik yo‘li bilan qo‘shimcha 3 ming AQSH dollari talab qilgan. 

Yana bir holatda, Samarqand shahridagi advokatlik firmasi advokati sud idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali fuqaroning Toshkent viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tayotgan turmush o‘rtog‘iga nisbatan boshqa yengilroq jazoga almashtirish masalasini hal qilib berish evaziga undan 10 ming AQSH dollari berishni talab qilgan.

DXX tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing