DXX terroristik tashkilotning yashirin a’zolarini qo‘lga oldi
Jamiyat
−
25 noyabr 2021 13262 1 daqiqa
Joriy yilning 23 noyabr kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumani hududida “Katiba Tavhid val-Jihod” (KTJ) terroristik tashkilotining yashirin jamoati a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXX va IIV tomonidan Toshkent tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida KTJ terroristik tashkilotining yashirin jamoati a’zolari mazkur tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlangan va ular qo‘lga olingan.
Ular jamoat bo‘lib shakllanishlari davomida turli diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari hisoblangan “Abdulloh Zufar” va “Sodiq Samarqandiy”ning audio va video ma’ruzalarini tarqatgan holda saflarini kengaytirish bilan shug‘ullanishgan.
Bundan tashqari, jamoat a’zolari Suriyadagi jangarilarga yordam berish maqsadida moddiy mablag‘larni to‘plab kelishgan va ularning saflariga qo‘shilishni maqsad qilishgan. Holat yuzasidan Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi