DXX Samarqandda “Hizb ut-tahrir” va “Jihodchilar” a’zolarini qo‘lga oldi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatining Ishtixon, Oqdaryo va Urgut tumanlarida yashovcht “Hizb ut-tahrir” va “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimlari a’zolari faoliyatiga chek qo‘yildi.

DXXning Samarqand viloyati boshqarmasi hamda ichki ishlar idoralari xodimlari hamkorligida Ishtixon tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro R.M. “Hizb ut-tahrir” diniy ekstremistik oqimining g‘oyaviy rahnamosi, Qirg‘iziston fuqarosi Mahmud Abdulmo‘min bilan aloqada bo‘lib, uning ko‘rsatmasi bilan mazkur diniy ektremistik tashkilot g‘oyalarini internet foydalanuvchilari orasida faol targ‘ib qilgani aniqlandi va ishga aloqador ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida olib qo‘yildi.

Navbatdagi holatlarda Oqdaryo tumani Loyish shaxarchasida istiqomat qiluvchi, 1990 yilda tug‘ilgan B.J. hamda Urgut tumani O‘roqboyjar qishlog‘ida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan X.S. “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi rahnamolarining ekstremistik mazmundagi materiallarini ijtimoiy tarmoqda virtual do‘stlariga tarqatib kelgani fosh etilib, ular qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

450

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing