DXX Namanganda “Kalashnikov” avtomatini sotayotgan shaxsni ushladi

Jamiyat

image

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida “Kalashnikov” avtomatini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi 

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.O. Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Ola-buqa rayoniga borib, jinoiy sherigidan 1 dona AKS-74 jangovor o‘qotar quroli, 3 dona o‘qdon va 43 dona o‘q-dorilarni olib, kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekiston hududiga o‘tkazgan.

DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.O. ushbu qurol va o‘q-dorilarni Namangan shahrida sotmoqchi bo‘lganida ushlangan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qayd etilishicha, shaxs muqaddam Jinoyat modeksining 97- (Qasddan odam o‘ldirish) va 182- (Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) moddalari bilan sudlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

418

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing