DXX Namangan va Samarqandda “uchiruvchi” dorilar savdosiga chek qo‘ydi

3-sahifa

image

Namangan va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurarish deparatmenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.A., B.T. va R.S. o‘zaro til biriktirib, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan 1 316 dona “Regapen” nomli dori vositalarini fuqaro O‘.ga 32,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Samarqand Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.S. boshqa bir fuqaro E.ga jami 56 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 1,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing