DXX Xorazmda uy-joy uchun yer ajratib berishni va’da qilgan firibgarni ushladi 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xorazm viloyatida tadbirkorga ajratilgan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xiva shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.A. “G.“ MCHJga Urganch tumani hududidan yengil tipdagi “Issiqxona” qurish uchun ajratilgan 0,7 gektar yer maydonining 15 sotixini fuqaro T.ga uy-joy qurish uchun ajratib berishni va’da qilib, oldindan kelishilgan 8 400 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing