DXX Chinozda “jihodchilar”ni qo‘lga oldi

3-sahifa

image

Kecha, 16 avgust kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanida “jihodchilar” ekstremistik oqimining bir nechta a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIBB tomonidan Chinoz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin faoliyat olib borayotgan “jihodchilar” oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olingan. 

Aniqlanishicha, ushbu shaxslar "jihod" maqsadida Suriya davlatiga chiqishni rejalashtirgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

720

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing