DXX chegarachilarining yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bu bo‘yicha kecha, 25 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarda nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra:

  • DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining huquqbuzarlarni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ko‘rsatilgan muddatda Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki ushbu bo‘linmalarda hozir bo‘lish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik; 
  • transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud qonuniy talablarga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 12 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek,  harbiy xizmatchining o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish – BHMning 3 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Qonun e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX chegarachilari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar