O‘zbekistondan $1,64 mlnni olib ketayotgan qirg‘izistonliklar ushlandi
3-sahifa
−
02 fevral 2022 14941 2 daqiqa
O‘zbekistondan 1,64 mln dollarni Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqayotgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Olti nafar Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olingan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
“DXXning Namangan va Andijon viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi chet el valyutasini noqonuniy ravishda xorijga chiqarish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, tadbir davomida Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanining chegaraoldi hududida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro boshqaruvidagi Damas avtomobili to‘xtatilib, tekshirilganda, uning salon qismida 968 ming 900 AQSH dollari borligi ma’lum bo‘lgan va protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, ushbu tumandagi yog‘och bozori hududida uni kutib turgan, 1964 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan jinoiy sherigi ham ushlanib, uning Damas avtomashinasi salonida bo‘lgan 672 ming 206 AQSH dollari ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tib, yashayotgan ushbu jinoiy guruh yetakchisi, qirg‘izistonlik 1974 yilda tug‘ilgan shaxs Toshkent shahrida hamda guruh a’zolari bo‘lmish 5 nafar Qirg‘iziston fuqarolari Andijon shahrida qo‘lga olingan.
“O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 1 mln 641 ming 106 dollarning mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi. Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 182-moddasining 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr