DXX 25 gektar yerni 1,5 mln dollarga sotayotgan shaxsni qo‘lga oldi
3-sahifa
−
04 iyul 2021
9175Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 25,4 gektar yerni 1,5 million dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2018 yil Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimining qaroriga muvofiq ot sportiga ixtisoslashgan MCHJga mehmonxona, kottejlar, otxona, veterinariya bloki, manej, ochiq va yopiq turdagi plats qurish uchun 25,4 gektar yer maydoni ajratilgan.
Lekin, mazkur MCHJ ta’sischisi amalda hech qanday ish bajarmasdan, aksincha o‘zining makler tanishi bilan kelishgan holda ushbu yer maydonini boshqa bir fuqaroga 1,5 million AQSH dollariga sotishni rejalashtiradi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular so‘ralgan puldan avans sifatida 700 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Qibray tumanida 2 gektar yerni 1 million dollarga sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi