DXX Haj va umra ziyoratiga noqonuniy yuborayotganlarni ushladi (video)
3-sahifa
−
24 aprel 3881 2 daqiqa
Farg‘ona, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida fuqarolarni Haj va umra ziyoratiga noqonuniy ravishda yuborayotgan shaxslarning harakatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Xususan, Toshkent shahrida olib borilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs Haj ziyoratini tashkil etishga vakolati bo‘lmasa-da, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, 8 ming dollar evaziga uning ota-onasini joriy yilda Haj ziyoratiga yuborishni va’da qilib, oldindan 2 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Bu kabi qonunbuzilish holati Farg‘ona viloyatida ham qayd etilib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Yozyovon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan turistik firma rahbari 4 fuqaroni umra ziyoratiga yuborish evaziga 4200 dollar olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.
Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, Oqoltin tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zini go‘yoki sayyohlik firmasi vakili sifatida tanishtirib, 3 fuqaroni umra safariga yuborish evaziga jami 3450 dollar talab qilgan. Ushbu shaxs oldindan 1100 dollar hamda 1 million 290 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi xususiy aviakassa rahbari mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uning qarindoshini umra safariga yuborishini aytib, buning evaziga 1200 dollar talab qiladi. Uning ko‘rsatmasi bilan aviakassa xodimi oldindan 10 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan, Xorazm, Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Haj va umra ziyoratlariga noqonuniy yuborish holatlari fosh etilgandi.
Live
Barchasi