“Dizayn” jamoasi a’zosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi
Jamiyat
−
13 fevral 73649 1 daqiqa
Bugun, 13 fevral kuni “Dizayn” jamoasi a’zosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi. Bu haqda qiziqchi Otabek Mirzaxolov o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Alloh marhumni o‘z rahmatiga olsin, joylarini jannatdan qilsin. Sabr bersin. Inna lillahi va inna ilayhi roji’un”, deydi u.
Ma’lumot uchun, Dilshodbek Musabekov 1975 yil 13 iyulda tug‘ilgan. U “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi orqali tanilgan. Shuningdek, “Bekorchilar makoni”, “Ali, Vali, G‘ani yohud Nasiba”, “Yana boshlandi”, “Qizalog‘im”, “Uchinchi muammo”, “Labbay rais”, “Jaydari zarba” kabi filmlarda rol ijro etgan. “Shuhrat” medali egasi hisoblanadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust