Diyetolog saratonga olib keladigan ikki mahsulotni aytdi
Salomatlik
−
03 may 2022
23103Qandolat mahsulotlari, qayta ishlangan go‘sht, haddan tashqari yog‘li ovqatlar, tez ovqatlanish saratonning bir nechta turlarini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginzburg ma’lum qildi.
Uning fikricha, barcha saraton kasalliklarining deyarli uchdan ikki qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘yib ovqatlanmaslik bilan bog‘liq. Ayniqsa xavfli shirinliklarni muntazam iste’mol qilish ham saratonning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ushbu mahsulotlar yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishini qo‘zg‘atadi va saratonga olib kelish ehtimolini kuchaytiradi.
“Asosan yo‘g‘on ichak saratoni, ko‘krak saratoni, prostata saratoni, ayollarda bachadon tanasi saratoni mahsulotlar bilan bog‘liq. Har qanday qandolat va tez uglevodlar yallig‘lanishni hamda glyukoza miqdorini oshiradi”, deydi u
Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, natriy va to‘yingan yog‘larga boy bo‘lgan kolbasa, sosiska kabi mahsulotlar yo‘g‘on ichak saratonini keltirib chiqarishi mumkin.
“Qizil go‘sht va yuqori darajada qayta ishlangan mahsulotlar (kolbasa, sosiska) yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar ularni kuniga bir necha marta, katta qismlarda iste’mol qilsak”, deya qo‘shimcha qildi u.
Ginzburgning ta’kidlashicha, zararli oziq-ovqatlar ustun bo‘lgan muvozanatsiz ovqatlanish nafaqat onkologiyaga, balki hayot uchun xavfli bo‘lmagan boshqa kasalliklarga ham tahdid soladi.
LiveBarchasi