Diyoraning “tilla” jufti
Intervyu
−
30 iyul
68701O‘zbekistonning hafta mavzusi shubhasiz Diyora Keldiyorova bo‘ldi. Parij Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan dzyudochini Prezidentdan tortib, Britaniya elchisigacha tabrikladi.
Qayd etish joizki, ayrim sportchi ayollar oilali bo‘lganidan so‘ng o‘z karerasini yakunlayotgan bir paytda, Diyora Keldiyorovaning bu yutuqqa erishishi bejiz emas.
Demak, QALAMPIR.UZ studiyasida Diyora Keldiyorovaning bo‘yniga kelinlik vazifasi emas, oltin medal ilinishiga sababchi bo‘lgan turmush o‘rtog‘i Azamat Matyoqubov.
Matyoqubov Diyorani doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Olimpiada chempionining sportdagi karerasi rivojida uning turmush o‘rtog‘i ham bevosita sportning dzyudo turi bilan shug‘ullanishiga alohida hissa qo‘shishgan. Matyoqubov intervyu davomida kelgusida Keldiyorova bilan birgalikda Olimpiadada qatnashish niyati borligini va bu yo‘lda harakatni boshlashini bildirdi.
“Har bir sportchining maqsadi bu Olimpiada o‘yinlarida qatnashish va medal olish hisoblanadi. Olimpiadadan oldin Diyoraning mashg‘ulot jarayonlarida shaxsan o‘zim ishtirok etdim. Uning kamchilik va xatolari ustida qator ishlar olib bordik. Raqiblarning ustun va ojiz nuqtalarini o‘rgandik. Keyingi Olimpiadada Diyora bilan birgalikda qatnashishga harakat qilib ko‘raman”, deydi Matyoqubov.
Shuningdek, Matyoqubov trendga chiqqan savolga, ya’ni nima uchun turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlash uchun Parijga bormaganiga ham izoh berdi.
“Parijga borsam bo‘lardi, lekin u yerda bo‘lsam Diyoraga bosim kuchayib ketardi. Shuning uchun, rafiqamni Toshkentdan turib qo‘llab-quvvatlashga qaror qildim”, deydi Matyoqubov.
Ta’kidlash joiz, 26 yoshli Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida Olimpiada chempioni bo‘lgan ilk ayol sportchi bo‘ldi. U o‘zbekistonlik ayol sportchilarning Olimpiadadagi 16 yillik medalsiz seriyasiga barham berdi.
LiveBarchasi