Dipika Padukone va uning oilasida koronavirus aniqlandi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Bollivud yulduzi Dipika Padukoneda koronavirus infeksiyasi aniqlandi.  

Qayd etilishicha, aktrisa infeksiyani oila a’zolaridan yuqtirgan. 

Dipikaning otasi, taniqli sportchi Prakash Padukoneda uzoq vaqt yuqori tana harorati kuzatilgan. Shundan so‘ng, u shifoxonaga yotqizilgan. 

Keyinchalik Dipikaning onasi va singlisi Anishada ham virus aniqlangan. 

Xabarga ko‘ra, aktrisa hozirda oilasi bilan Hindistonning Bangalor shahrida. 

Ma’lumot o‘rnida, Hindistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli og‘ir epidemiologik vaziyat hukmronlik qilmoqda. So‘nggi bir necha kun ichida mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlar va undan vafot etganlar soni bo‘yicha antirekordlar qayd etilmoqda.  

Hindiston koronavirus holatlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri mamlakatda jami 21,1 milliondan ortiq kishida koronavirus aniqlangan. 230 mingdan ko‘p kishi virusdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dipika Padukone

Baholaganlar

106

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar