Diniy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari joriy yilning 18 avgust kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 19:00 da boshlanadi.

Test sinovlari respublika bo‘yicha quyidagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:

  • Qoraqalpog‘siton Respublikasi – “Turon” markaziy stadioni;
  • Andijon viloyati – Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);
  • Namangan viloyati – 17-bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Navbahor-umid” stadioni;
  • Buxoro viloyati – “Dilkusho” tennis sport majmuasi;
  • Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);
  • Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;
  • Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2-sektor);
  • Toshkent shahri – Botanika bog‘i (1-2-3-4-sektorlar).

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing