Diniy materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish shartlari belgilandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:

•    yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, ushbu materiallarni olib kirish va tarqatishga qo‘yiladigan talablar;
•    dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish uchun vakolatli organga murojaat qilish tartibi;
•    dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish shartlari, muddatlari va dinshunoslik ekspertizasi xulosasini rasmiylashtirish tartibi.

Ma’lumot o‘rnida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:

•    O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan keyin amalga oshiriladi;
•    diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

202

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing