Diniy qo‘mitaga oid qaror chiqdi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
2019 yil 4 sentyabrdagi PQ–4436-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi A. Axmedovga yuklansin.

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi)ning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.

2. Qo‘mita:

din ishlari sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlashga mas’ul vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi;

jamiyatda “jaholatga qarshi ma’rifat” ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ‘ib etish maqsadida barcha davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishga ko‘maklashadi;

mamlakatdagi diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalalarini o‘rganish natijalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini o‘tkazish choralarini ko‘radi.

3. Qo‘mita o‘z faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.

4. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.

5. Qo‘mita o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

6. Qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

7. Qo‘mita yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va o‘z nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.

8. Qo‘mitaning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

to‘liq – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita;

qisqartirilgani – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita;

b) rus tilida:

to‘liq – Komitet po delam religiy pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;

qisqartirilgani – Komitet po delam religiy;

v) ingliz tilida:

to‘liq – Committee of religious affairs under the Cabinet of Ministers Republic of Uzbekistan;

qisqartirilgani – Committee of religious affairs.

9. Qo‘mitaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi 4–uy.

2-bob. Qo‘mitaning asosiy vazifalari va funksiyalari

10. Quyidagilar qo‘mitaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:

vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish;

diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;

jamiyatda diniy-ma’rifiy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ushbu jarayonlarda diniy-ma’rifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish;

davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish;

aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish;

fuqarolarning xorijiy davlatlarga hamda chet el fuqarolarining O‘zbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

ekstremizm, separatizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan shaxslarni, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash borasida ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu borada ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash;

manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini o‘rganish bo‘yicha sotsiologik so‘rovlarni tashkil etish.

11. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtiradi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

din sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va prinsiplarini keng jamoatchilikka, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va xodimlariga tushuntirish, ularning faolligi, tashabbuskorligini oshirish ishlarini olib boradi;

diniy ta’lim muassasalari faoliyati belgilangan tartibda litsenziyalanishi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil qiladi, litsenziyalar reyestrini yuritadi;

diniy tashkilotlarning, shu jumladan, diniy ta’lim muassasalarining faoliyatini, ularning o‘quv jarayoni va dasturlarini, o‘quv-tarbiyaviy ishlarini, fanlar bo‘yicha o‘quv rejalarini, diniy mavzudagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi, ularga ushbu faoliyatni amalga oshirishda tashkiliy, huquqiy, metodik yordam ko‘rsatadi;

respublikada chiqariladigan yoki chet ellardan keltiriladigan diniy tusdagi mahsulotlarni (matbuot va elektron nashrlarni, audio, video kassetalarni, SD, DVD va boshqa elektron tashuvchilarni, Internet butunjahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan diniy materiallarni) ekspertizadan o‘tkazadi va mazkur faoliyatni muvofiqlashtiradi;

vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;

fuqarolar va diniy tashkilotlarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, diniy munosabatlar sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash choralarini ko‘radi.

b) O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish borasida:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek, diniy e’tiqodidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning diniy erkinligini ta’minlashning qonuniy choralarini ko‘radi;

dunyoviy davlat tamoyilini amaliy ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish borasida tegishli choralar belgilaydi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;

diniy tashkilotlar rahbarlarining dunyoviy davlat tamoyillari, Hukumatning diniy sohadagi siyosati mohiyati, amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi tushuncha va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ma’rifiy tadbirlar tashkil etib boradi;

vijdon erkinligi kafolatlarining buzilishi holatlariga nisbatan tezkor choralar ko‘radi;

diniy tashkilotlarning ibodat marosimlarida o‘qiladigan ma’ruzalar O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati, jamiyat taraqqiyotining dolzarb masalalari bilan muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi;

ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilot a’zolarining erkin ibodat qilish, diniy rasm-rusumlarni ado etishi, muqaddas joylarga ziyoratlar uyushtirish uchun shart-sharoitlar yaratishda hamkorlik qiladi.

v) diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish borasida:

diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni yuzaga keltirish hamda diniy vaziyatga salbiy ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish va bartaraf etish chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;

O‘zbekistonda va xorijda yuz berayotgan diniy-ijtimoiy sohaga oid muhim voqealarni chuqur tahlil qilish hamda respublikadagi barqaror diniy-ijtimoiy vaziyatga tahdid solishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa tahliliy markazlar bilan hamkorlik va tajriba almashuvini amalga oshiradi;

tayyorlash, olib kirish, tarqatish man etilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lishi taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarning ro‘yxatini har yili kamida ikki marta e’lon qiladi;

“Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarni kuchaytirish, diniy vaziyat o‘zgaruvchan bo‘lgan hududlar bo‘yicha manzilli “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqadi;

diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib etish hamda “Uz” domenida faoliyat yuritayotgan diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi veb-saytlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishni tashkil etadi.

g) jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rish, shuningdek, ushbu jarayonlarda diniy-ma’rifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish borasida:

respublika hududlari va xorijiy davlatlardagi diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganadi, tahlil qiladi, davlat organlari va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi;

respublikada diniy-ijtimoiy vaziyatni monitoring va tahlil qilishni amalga oshiradi, ma’naviy muhitni yaxshilash va barqarorligini ta’minlash, diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

diniy mavzularga oid nashrlar, Internet butunjahon axborot tarmog‘i va ommaviy axborot vositalari materiallarini chuqur tahlil qiladi;

diniy-ma’rifiy sohada aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyati va bilimini yuksaltirish, jamiyatda bag‘rikenglik g‘oyalarini shakllantirish va mustahkamlash bo‘yicha choralar ko‘radi;

aholining, ayniqsa yosh avlodning diniy va dunyoviy qarashlarini rivojlantiradi;

jamiyatda ekstremizm g‘oyalari tarqalishining oldini olish, aholini noan’anaviy diniy harakatlar va tahdidlardan himoya qilish uchun davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi.

d) davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish borasida:

davlat organlari va muassasalarining respublika hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;

diniy tashkilotlar iltimosiga ko‘ra, ularning davlat organlari bilan o‘zaro aloqalariga ko‘maklashadi va hal etilishi talab qilinadigan masalalar bo‘yicha zarur yordam ko‘rsatadi;

diniy tashkilotlar, shuningdek, xorijiy diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarga doir masalalar bo‘yicha ishlarni olib boradi;

davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettiradi;

diniy tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamkorlik qiladi va ularning ro‘yxatga olinish jarayonini nazorat qiladi;

diniy tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan ularning o‘z faoliyati bilan bog‘liq tadbirlarida qatnashadi.

ye) aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish borasida:

fuqarolarning vijdon va din erkinligi masalalari yuzasidan huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshiradi;

diniy tashkilotlarga respublikada va chet ellarda o‘zaro do‘stona munosabatlar o‘rnatishga ko‘maklashadi;

diniy tashkilotlar va ularning a’zolari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik hamda bag‘rikenglikni mustahkamlash siyosatini olib boradi, ushbu sohada tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi;

diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida targ‘ibot va tashviqot ishlarida nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda hamkorlik qiladi.

j) fuqarolarning xorijiy davlatlarga hamda chet el fuqarolarining O‘zbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasida:

“Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar ro‘yxatining xolisona va ijtimoiy adolat mezonlari asosida shakllantirilishini muvofiqlashtiradi hamda muqaddas ziyoratlarni tashkil qilishda belgilangan tartibga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi;

ziyoratlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarini kuzatib boradi, tahlil qiladi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi;

ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining islom sivilizatsiyasining madaniy, tarixiy va ilmiy-ma’naviy markazlaridan biri sifatidagi o‘rni va roli, shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib etish ishlarini olib boradi;

respublika va xorijiy davlat muassasalari, diniy tashkilotlar o‘rtasida ziyorat turizmi sohasida aloqalar o‘rnatish va rivojlantirish masalasida ishlarni tashkil qiladi;

ziyorat turizmi tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy ziyorat turizmi mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ‘ib qilish, diniy turizm sohasida O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;

z) ekstremizm, separatizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan shaxslarni, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash borasida ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu borada ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash borasida:

ekstremistik guruhlar ta’siriga tushib qolgan shaxslarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish va reabilitatsiya qilish bo‘yicha kompleks profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda hamkorlik qiladi;

ekstremistik guruhlar faoliyatini aniqlash va unga chek qo‘yishga ko‘maklashadi;

terrorchilik va ekstremizmni targ‘ib qilishga, xorijdan shu maqsadda mamlakatga da’vatchilarning qonunsiz kirib kelishiga qarshi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda choralar ko‘radi;

joylardagi ommaviy axborot vositalari, rasmiy diniy tashkilotlar bilan birgalikda noqonuniy diniy oqim va guruhlarning faoliyati, dinning terrorchilik, ekstremizm va boshqa jinoiy ko‘rinishlarga zid ekanligi haqida aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etadi;

turli destruktiv oqimlar ta’siriga tushib qolgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganadi;

yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

zarur hollarda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va ularning farzandlari bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda diniy xodimlar ishtirokini ta’minlaydi;

aholi, xususan yoshlar orasida turli ekstremistik oqimlar tomonidan noto‘g‘ri talqin etilayotgan islomiy tushunchalarning asl mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etadi;

milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas an’analar, ma’naviyatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tahdidlarga qarshi qaratilgan tizimli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi;

xotin-qizlar orasida buzg‘unchi va yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, bunday g‘oyalar ta’siridan asrashga qaratilgan tizimli va ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

xotin-qizlar o‘rtasida mamlakatimizda barcha sohalarda, shu jumladan diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilish, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining, islom dinining insonparvarlik, bunyodkorlik hamda ma’rifiy g‘oyalari mazmun-mohiyatini tushuntiradi;

milliy, diniy an’analar, urf-odatlar hamda qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, jamiyatimizda millatlararo do‘stlik, o‘zaro mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlaydi;

diniy sohada qonun ustuvorligini ta’minlash, otinoyilar faoliyatini amaldagi qonun hujjatlari asosida tashkil etilishiga ko‘maklashadi;

xotin-qizlarga xos diniy marosim va tadbirlarni milliy urf-odatlarimiz asosida tartibga soladi;

mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda xotin-qizlarning faolligini oshiradi;

notinch va noqobil oilalar, ijtimoiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj hamda yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni tashkil etadi;

ommaviy axborot vositalari, Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan radikal g‘oyalarga qarshi milliy an’ana va qadriyatlarimizning keng targ‘ib etilishini ta’minlaydi.

i) tegishli mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini o‘rganish bo‘yicha sotsiologik so‘rovlarni o‘tkazish borasida:

diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish yuzasidan o‘tkaziladigan sotsiologik so‘rovnomalarning nazariy jihatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini tadqiq qilish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganib boradi hamda ularning ijobiy jihatlarini mahalliy so‘rovnomalarga joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnomalarning natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumot va takliflar tayyorlaydi.

12. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlari orqali amalga oshiradi.

3-bob. Qo‘mitaning huquqlari va javobgarligi

13. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlaridan Qo‘mita vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha hujjatlar, statistik ma’lumotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotni olish;

Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish;

Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Qo‘mita vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha idoralararo tusga ega xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

Qo‘mita vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifodalash;

Qo‘mita vakolatiga taalluqli masalalar ko‘rib chiqilganda davlat organlari va hay’atlari majlislarida ishtirok etish;

zimmasiga yuklangan vazifalar doirasida bevosita yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali xorijiy sohaviy idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish;

belgilangan tartibda Qo‘mita vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan axborot almashish;

o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;

o‘z faoliyatini keng yoritish maqsadida Internet butunjahon axborot tarmog‘ida rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini yaratish;

o‘z vakolatlari doirasida diniy tashkilotlarning, shu jumladan diniy o‘quv yurtlarining faoliyatini, ularning o‘quv jarayoni va dasturlarini, o‘quv-tarbiyaviy ishlarini, fanlar bo‘yicha o‘quv rejalarini, diniy mavzudagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish, ularga ushbu faoliyatni amalga oshirishda tashkiliy, huquqiy va metodik yordam ko‘rsatish;

diniy tashkilotlardan zarur axborotlarni belgilangan tartibda olish, shuningdek, ular tomonidan o‘tkaziladigan faoliyati bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashish;

ilmiy markazlar, studiyalar, nashriyotlar va bosmaxonalar tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qo‘mita xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, rag‘batlantirish, mukofotlash va rag‘batlantirishning boshqa turlarini amalga oshirish;

yuklangan vazifalarni bajarish va faoliyatini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish uchun belgilangan tartibda kengashlar, komissiyalar, ishchi guruhlar va jamg‘armalar tashkil etish;

alohida vazifalarni bajarish uchun funksional bo‘linmalar tashkil qilish.

Qo‘mita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

14. Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega.

15. Qo‘mita quyidagilar uchun javob beradi: 

o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni tegishli tarzda va samarali bajarish, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirilishi;

tegishli sohadagi faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametr va belgilangan indikatorlarga erishilishini so‘zsiz ta’minlash;

Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan, shuningdek, Qo‘mita raisi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;

tegishli sohani rivojlantirish va hududlarning muammoli masalalarini hal qilish bo‘yicha dastur, tadbirlar rejasi, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlarning samarali bajarilishi;

tegishli sohada fuqarolar va diniy tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi muhofaza qilinishini ta’minlash.

Qo‘mitaning qarorlari, uning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

4-bob. Qo‘mita rahbarlarining asosiy funksional vazifalari

16. Quyidagilar Qo‘mita raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

2) Qo‘mita faoliyatiga yakkaboshchilik tamoyillari asosida umumiy rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

3) Din ishlari sohasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

4) Qo‘mita va uni tarkibiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga va rivojlantirish dasturlarining samarali amalga oshirilishiga erishishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy tuzilmalari va Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Qo‘mita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, masalalarning Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;

6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishini tashkil etish;

7) o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Qo‘mita boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Qo‘mita faoliyatining alohida tuzilmalariga rahbarlik qilish borasida o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarining shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;

8) Qo‘mita faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, Qo‘mita va o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning ijrosi holatini nazorat qilish;

9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qo‘mita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ–2881-son va “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ–3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;

10) Qo‘mita tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Qo‘mitaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;

11) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Qo‘mitaga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash;

12) faoliyat sohasidagi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, ularning Vazirlar Mahkamasiga “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorlik faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018 yil 8 avgustdagi PF–5505-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF–5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, shuningdek, ularni Qo‘mitada ishlab chiqish, Qo‘mita rahbariyati huzurida himoya qilish, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish va qayta ishlashda ishtirok etish;

13) Qo‘mitaga kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida kelishish (viza qo‘yish);

14) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Qo‘mitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish; 

15) Qo‘mita vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarurat bo‘lganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan tegishli qo‘shma qarorlar qabul qilish;

16) Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014 yil 5 martdagi PQ–2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 3 avgustdagi PQ–3170-son qarorlari talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash;

17) o‘z o‘rinbosarlari va tarkibiy tuzilmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam yuritish, Qo‘mita hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;

18) Qo‘mita xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan, kelgusida ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirish;

19) Qo‘mita xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 
2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qo‘mita xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;

20) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qo‘mita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;

21) Qo‘mita va uni tarkibiy tuzilmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

22) O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligi, sifati va ochiqligini oshirish;

23) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Qo‘mitada jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;

24) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

25) davlat siri toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;

26) Qo‘mita markaziy apparati shtat jadvali va xarajatlar smetasini, shuningdek, Qo‘mitaning idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini tasdiqlash;

28) markaziy apparat xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;

29) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bo‘yicha o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishga rozilik berish;

30) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlarini tegishli hudud bo‘yicha vijdon erkinligi kafolatlari hamda diniy-ma’rifiy barqarorlikni ta’minlash, davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirib borish borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotini eshitish;

31) Qo‘mita tizimida kadrlar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, tizim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tizimli asosda tashkil qilish;

32) Qo‘mita sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzish va belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida xorijiy davlatlarning organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

33) Qo‘mita hay’at majlislarida raislik qilish.

Qo‘mita raisi qonunchilikka muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega bo‘lishi mumkin.

17. Quyidagilar Qo‘mita raisi o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

2) Qo‘mita raisi vaqtincha bo‘lmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

3) Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;

4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Qo‘mita faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlangan Qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotini tizimli eshitib borish va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish; 

6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, shuningdek Qo‘mita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 
11 apreldagi PQ–2881-son va “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 
5 oktyabrdagi PQ–3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999 yil 
12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;

7) Qo‘mita hay’ati qarorlari, Qo‘mita raisi buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

8) Qo‘mita raisiga mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;

9) tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelgusida muhokama etish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy ravishda, o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, Qo‘mita raisi topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

10) Qo‘mitaga taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;

11) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014 yil 5 martdagi PQ–2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 3 avgustdagi PQ–3170-son qarorlari talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash;

12) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, Qo‘mitaning hay’at yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini tinglash, muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;

13) Qo‘mita faoliyatini takomillashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar qabul qilish, vijdon erkinligi kafolatlari va diniy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Qo‘mita raisiga kiritish;

14) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Qo‘mita raisiga takliflar kiritish, ularning funksional mas’uliyatlari va yuklangan vazifalar bajarilishida shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;

15) Qo‘mita xodimlari tomonidan xodimning odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ta’minlanishini nazorat qilish;

16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qo‘mita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;

17) Qo‘mita raisiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;

18) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Qo‘mitada jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish; 

19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

20) davlat siri va maxfiy axborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;

21) vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi normativ-huquqiy va boshqa sohaviy normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini tashkillashtirish;

22) sohadagi malakali kadrlarni tayyorlash, tarmoq ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining darajasi va sifatini tubdan oshirishda ko‘maklashish, tarmoqdagi mutaxassislarni, jumladan, xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida qayta tayyorgarlikdan o‘tishini va malakasini oshirishni tashkil etish;

23) xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish. 

18. Quyidagilar Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining funksional vazifalari hisoblanadi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

2) tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, mazkur bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar ijrosini ta’minlash;

3) o‘z vakolati doirasida Qo‘mitaning idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

4) prognoz ko‘rsatkichlarni muntazam tahlil qilib borish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga tarkibiy bo‘linmalar tomonidan so‘zsiz erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha choralarni ko‘rish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun Qo‘mitaning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomini mustahkamlashning kompleks amaliy chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 
11 apreldagi PQ–2881-son, “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 
5 oktyabrdagi PQ–3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999 yil 
12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishida shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

6) Hay’at qarorlari, Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

7) tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalarini ishlab chiqish, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda qayd etilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

8) tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Qo‘mitaning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatida amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;

9) tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni ko‘rib uchun Qo‘mita rahbariyatiga kiritish;

10) Qo‘mita rahbariyatiga tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;

11) tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelgusida Qo‘mita rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy ravishda o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, Qo‘mita rahbariyati topshirig‘iga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

12) Qo‘mita raisiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;

13) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014 yil 5 martdagi PQ–2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 3 avgustdagi PQ–3170-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash;

14) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitib borish, ularni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;

15) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan xodimning odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;

16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;

17) Qo‘mitaga davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;

18) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Qo‘mitada jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish; 

19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016 yil 28 dekabrdagi PF–4904-son Farmoniga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

20) davlat siri va maxfiy axborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;

21) tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalariga qat’iy muvofiq ravishda tashkil etish;

22) tarkibiy bo‘linmalar vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha tahliliy materiallarni Qo‘mita rahbariyati uchun tayyorlash;

23) Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini o‘rganish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatishni tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

5-bob. Qo‘mita rahbarlarining javobgarligi

19. Qo‘mita raisi:

1) Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) Qo‘mitaning mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;

3) mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir.

20. Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari:

1) Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;

3) mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir.

21. Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari:

1) tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

2) Qo‘mita markaziy apparatining mazkur Nizom 15-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;

3) mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’uldir.

6-bob. Qo‘mita faoliyatini tashkil etish

§1. Qo‘mita rahbariyati

22. Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.

23. Qo‘mita raisining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan birinchi o‘rinbosari va ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi.

24. Qo‘mita raisi maqomiga ko‘ra vazirga, raisning birinchi o‘rinbosari – vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari – vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.

25. Qo‘mita raisi bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari raisning birinchi o‘rinbosari tomonidan, u bo‘lmagan vaqtda esa raisning tegishli buyrug‘iga asosan boshqa o‘rinbosar tomonidan amalga oshiriladi.

26. Quyidagilar:

1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlarini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish Qo‘mita raisi bilan kelishilgan holda;

2) Qo‘mita markaziy apparati xodimlari, Qo‘mitaga idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

§ 2. Qo‘mita markaziy apparatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi

27. Qo‘mita markaziy apparatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlari (keyingi o‘rinlarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari deb ataladi) hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ta’minlaydi.

28. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishda:

1) topshiriqlarni viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning ijrosini nazorat qilib boradi;

2) viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlariga bevosita tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rov jo‘natadi va ularning ijrosini nazorat qilib boradi;

3) viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tekshiradi va o‘rganadi, amaliyotini umumlashtiradi, takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

4) viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatining tashkil etilishi va natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistik va boshqa ma’lumotlarni o‘rganishni tashkil etadi;

5) viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi; 

6) viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlaridan kelgan takliflarni ko‘rib chiqadi;

7) viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil etadi, ular tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.

29. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlari Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:

1) Qo‘mita rahbariyati topshiriqlarining ijrosi to‘g‘risida axborot beradi;

2) faoliyatning belgilangan sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga ma’lumot taqdim etadi;

3) ular faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarning bartaraf etilganligi natijalari haqida axborot beradi;

4) Qo‘mita markaziy apparatiga belgilangan tartibda va muddatda o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;

5) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik natijalari haqida axborot beradi;

6) vakolatli organlar tomonidan o‘z faoliyatini tekshirishlar natijalari haqida axborot beradi.

§3. Qo‘mitaning davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik tartibi

30. Qo‘mita o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. 

31. Qo‘mita faoliyati Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy tuzilmalari tomonidan nazorat qilinadi.

§4. Qo‘mitaning hay’ati, kengash, maslahat va ekspert organlari

32. Qo‘mitada rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha) hamda faoliyatning asosiy yo‘nalishlarida mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tarkibidan iborat hay’at tashkil etiladi.

Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qo‘mita raisi taqdimnomasi bo‘yicha tasdiqlanadi.

Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

1) Qo‘mitaning mazkur Nizom bilan belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan vazifalar bilan yuklangan vazifalarning Qo‘mita tizimidagi rahbarlar va xodimlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rgan holda, tarkibiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli eshitib borish;

3) Qo‘mita faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirish holatining natijadorligini har chorakda va tizimli muhokama qilib borish;

4) Qo‘mita faoliyati sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasini joylarda ta’minlagan holda, hay’atning kengaytirilgan sayyor yig‘ilishlari o‘tkazilishini tashkil etish hamda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish;

5) Qo‘mitaning markaziy apparati nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;

6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bilan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at, shuningdek, Qo‘mita vakolatiga tegishli boshqa masalalarni ham muhokama etish huquqiga ega.

33. Hay’at yig‘ilishiga Qo‘mita vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari va ekspert mutaxasislari taklif etilishi mumkin.

34. Hay’at, agar uning yig‘ilishida a’zolarning yarmidan ko‘pi ishtirok etgan taqdirda, haqiqiy deb hisoblanadi. Muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

35. Hay’at qarorlari Qo‘mita raisi buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

36. Qo‘mita raisi va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasiga yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Qo‘mita raisi axborot beradi va mustaqil qaror qabul qiladi. Shuningdek, hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrlarini ma’lum qilishlari mumkin.

37. Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.

7-bob. Qo‘mita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari

38. Qo‘mita faoliyati muntazam baholab boriladi.

39. Qo‘mita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Qo‘mita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlariga asoslanadi.

40. Qo‘mita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:

1) Qo‘mita rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;

2) Qo‘mita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.

41. Qo‘mita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

8-bob. Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish

42. Qo‘mitani moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

43. Qo‘mita xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, rag‘batlantirishlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va boshqa to‘lovlardan iborat.

44. Qo‘mita xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari bo‘yicha belgilanadi.

9-bob. Qo‘mita hisobdorligi

45. Qo‘mita rahbarlari o‘z faoliyatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy tuzilmalari va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

46. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati Qo‘mita rahbarlarining faoliyatini yuklangan vazifalarning ular tomonidan samarali bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib boradi, Qo‘mita faoliyati samaradorligini xolisona baholaydi.

47. Monitoring va baholash natijalariga ko‘ra, Qo‘mitaning alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish choralari ko‘riladi, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan esa javobgarlik choralari, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha jazo qo‘llaniladi.

10-bob. Yakunlovchi qoida

48. Qo‘mita qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

Uzbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb 

e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari 

RO‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 
2004 yil 23 apreldagi 196-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi va 3-ilovasi.

2. “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010 yil 5 iyundagi 108-son qarori ilovasining 39-bandi;

3. “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013 yil 26 dekabrdagi O‘RQ–360-son hamda "Soliq va byudjet siyosatining 2016 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015 yil 31 dekabrdagi O‘RQ–398-son qonunlari) 2016 yil 26 apreldagi 122-son qarori 1-ilovasining 70-bandi;

4. “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 28 avgustdagi PF–5527-son Farmoni) 2019 yil 23 fevraldagi 161-son qarorining 1-ilovasi 5-bandi;


Maqola muallifi

Teglar

diniy qo'mitaga oid qaror chiqdi

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar