Dinastiya: poytaxtning yangi tarixi

Biznes

image

Golden House kompaniyasi poytaxtning yangi tarixini yozayotgan yangi turar joy majmuasini tanishtirishda davom etadi.

“Dinastiya” turar joy majmuasi atrofida bekam-ko‘st hayot uchun barcha kerakli infratuzilma ob’ektlarini yiqqan holda Yashnobod tumanining Parkent bozori yonginasida joylashgan. Loyiha mualliflarining esda qolarli me’moriy uslubi noyob yechimlari oilangiz tarixida yangi bir sahifa ochadi.

Majmua qurilishining birinchi bosqichi ikki yorqin 9 qavatli biznes toifasidagi binoni o‘z ichiga oladi va unda 32 dan 93 kvadrat metrgacha kattalikdagi bir, ikki, uch va to‘rt xonali xonadonlar sotuvga qo‘yilgan. Har bir qavatda ko‘pi bilan 3 ta xonadon bo‘lishi ham loyihaning yuqori darajadagi qulayligidan dalolat qiladi. Biznes toifasidagi ushbu 2 binoda 290 ta xonadon mavjud.

Yevropa standartlari asosida loyihalashtirilgan zamonaviy ikki xonali studiyalar ham mijozlarga taklif qilinmoqda. Bugungi kunda keng maydonga ega xonadonlar talabi ortib bormoqda, ularda faol hududlar zerikarli monolit devorlar bilan emas, yengil pardevorlar yoki ranglar yordamida bo‘linadi. Siz o‘z ehtiyojlaringiz va tasavvurlaringizga qarab xonadondagi muhim xonalarni loyihalash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

“Dinastiya” turar joy majmuasi poytaxtning ikkita yirik magistrallari kesishmasida qad ko‘tarmoqda, uzoq bo‘lmagan masofada esa shahardagi birinchi va yagona uch qavatli yo‘l o‘tkazgich joylashgan. Siz Toshkentning istalgan joyigacha osonlik bilan yetib olishingiz va ajoyib tog‘larimizga ham hammadan-da tezroq borishingiz mumkin. Ushbu majmua yuqori darajadagi infratuzilmaga ega shinamlik nuqtasiga aylanadi. Piyoda yurish masofasida davlat va xususiy maktablari va bog‘chalari mavjud. Joylashuvning eng afzal taraflaridan biri — bu shaharning eng yaxshi bog‘lari: Markaziy bog‘, Ekopark va Ashxobod bog‘ining yaqin masofada ekanligidir.

“Dinastiya” majmuasining noyob konsepsiyasi negizida inson haqida qayg‘urish yotadi. Shinamlik majmuaning har qadamida his etiladi. Xonadonlar faqatgina funksional maydonlardan iborat va sizning yangi hayotingizni imkon qadar osonlashtirishga qaratilgan. Golden House biznes toifasidagi xonadonlarni tayyor ta’mirlangan holda hamda oshxona garnituri bilan birgalikda taqdim etadi. 

Loyiha mualliflari faqatgina zamonaviy sifat talablariga javob beruvchi qurilish materiallaridan foydalanadilar. Santexnika ishlari, shisha-paketlar, muhandislik tizimlari ham zamon talablariga mos ravishda amalga oshirilgan. Kirish qismlari mualliflik dizayn-loyihasi asosida bajarilgan. Po‘latdan kirish eshiklari tinchligining ishonchli himoyasi bo‘ladi. Bundan tashqari, kolyaska yoki bolalar velosipedini xonadonga olib kirishga to‘g‘ri kelmaydi, negaki har bir kirish qismlarida ular uchun alohida qulay joylar ajratilgan. Bu sizning vaqtingizni ham, uyingizdagi joyni ham tejaydi.

Xonadon ichida Bergamo modelidagi Binket Group furniturasi o‘rnatilgan xonalararo eshiklari, shovqinli bolalar o‘yinlari va oshxonadagi jo‘shqin ovqat pishirishlarga chidamli yuqori sifatli laminat bo‘ladi. Oshxonalar Florencia modelidagi garnitur bilan jihozlangan. U tufayli oshxona nafaqat tushlik tayyorlash uchun, balki choyxo‘rlik qilish va kitob o‘qish uchun ham ajoyib maskanga aylanadi.

Golden House uchun aholi xavfsizligi doim birinchi o‘rinda turadi. Shu bois majmuadagi har bir xonadon tutun datchigiga ega o‘t o‘chirish signalizatsiyasi tizimi bilan jihozlangan. Undan tashqari, mijozlar issiq suvning rejali o‘chishini butunlay esdan chiqarishlari mumkin, chunki “Dinastiya”da yil davomida issiqlik bilan ta’minlovchi shaxsiy isitish tizimlari o‘rnatilgan. Sanuzellar yuqori sifatli santexnika jihozlarining oqilona joylashtirilgani bilan sizni xursand qiladi.

Golden House “Dinastiya” turar joy majmuasida sifatli va shinam hayot kechirish sirlari haqida so‘zlab berishda davom etadi. Bu yerda xonadonlar sotuvi qizg‘in pallada ketmoqda. Savdo ofisiga tashrif buyuring va majmua haqida yanada batafsil ma’lumot oling!

“Dinastiya” savdo ofisi: Yashnobod tumani: Parkent va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasi.
Markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Call-markaz: +998 78 888-11-22

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing