Dilshodbek Ro‘zmetov dastlabki jangda g‘alaba qozondi

Sport

image
0:00
0:00
download

Bugun, 17 dekabr kuni “Matchroom Boxing” kompaniyasi tomonidan Toshkentda tashkil etilgan professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda. Dastlabki jangda prof boksda debyut qilayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov Rossiyalik Maksim Smirnovni mag‘lubiyatga uchratdi. 6 raund davom etgan bahsda barcha hakamlar Ro‘zmetovning g‘alabasini qayd etishdi.

Kechaning markaziy jangida Isroil Madrimov (7-0-0) fransiyalik Mishel Soroga (35-2-1) qarshi bahs olib boradi. Ayni paytda Mishel Soro WBA reytingida birinchi, Isroil Madrimov esa 2-pog‘onani egallab turibdi. G‘olib bokschi chempionlik jangi uchun majburiy da’vogarga aylanadi.

Shuningdek, oqshom doirasida Shahram G‘iyosov (11-0-0), Hasanboy Do‘smatov (3-0-0), Bektemir Meliqo‘ziyev (7-1-1), Iqboljon Xoldorov (1-0-0), Elnur Abduraimov (7-0-0) ringga ko‘tariladi.

Isroil Madrimov – Mishel Soro (35-2-1 24 KO)
Shahram G‘iyosov – Kristian Koria (29-8-2, 13 KO)
Hasanboy Do‘smatov – Hose Rivas (18-12-4, 10 KO)
Bektemir Meliqo‘ziyev – Sergey Yekimov (18-3, 9 KO)
Iqboljon Xoldarov – Dimitriy Miliusha (9-5-1, 4 KO) 
Elnur Abduraimov – Jon Gemino (22-12-1, 12 KO)


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made