Dilshod Kazakov yangi lavozimda ish boshladi

Sport

image

O‘zbekistonlik mutaxassis, xalqaro toifadagi shifokor Dilshod Kazakov Osiyo boks konfederatsiyasining tibbiyot komissiyasi raisi sifatida ish boshladi. 

Ma’lumot uchun, mazkur komissiyaning vazifasi Osiyoda boksni yanada rivojlantirish, sportning ushbu turida uchraydigan jiddiy jarohatlarni oldini olish, qit’ada o‘tkaziladigan barcha yosh toifalarida o‘tkaziladigan turnirlarda tibbiy yordamni tashkil etish, boksdagi shifokorlar malakasini oshirish va ularga boks tibbiyoti yo‘nalishi bo‘yicha sertifikat taqdim etishdan iboratdir. 

Qayd etish lozimki, Dilshod Kazakov 2011 yil yanvar oyidan buyon AIBA tibbiyot komissiyasining Osiyo bo‘yicha vakili hisoblanadi. Osiyo boks konfederatsiyasi tomondan 2018 yilning eng yaxshi texnik delegati deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing