Olga Zabelinskaya Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Sport
−
27 aprel 2019
5125Bugun, 27 aprel kuni Toshkentda davom etayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida navbatdagi bellashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ayollar 112,8 kilometr masofaga kechgan poygada o‘zaro bahs olib bordi.
Mazkur yo‘nalish g‘olibga qit’a chempionligi bilan birga Tokio Olimpiadasining ham yo‘llanmasini berishi bilan ahamiyatli edi.
Mazkur muhim bellashuv o‘zbekistonlik Olga Zabelinskayaning g‘alabasi bilan yakunlandi va shu bilan birga terma jamoa a’zosi Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi. Zabelinskaya masofani 3 soat, 9 daqiqa 5 soniyada bosib o‘tdi.
Veloshosse bo‘yicha OCH.
Ayollar, 112,8 km
1. Olga Zabelinskaya (O‘zbekiston)
2. Axreum Na (Janubiy Koreya)
3. Somayex Ylazdani (Eron)
LiveBarchasi