Diqqat! O‘zbekistonga sovuq va nam havo massasi kirib kelmoqda
Bu qiziq
−
14 yanvar 2022
22085Joriy yilning 15 yanvaridan 18 yanvarigacha O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15-16 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelmoqda.
15-16 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida esa 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
18 yanvarda Surxondaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida xam shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
15-18 yanvarda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.
LiveBarchasi