Diqqat! Putin migrantlarga yangi talablar qo‘yilishini ma’lum qildi
Olam
−
09 dekabr 2021
21175Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha kengash yig‘ilishida endilikda muhojirlarga qo‘yiladigan talablar haqida gapirdi. Yig‘ilishda Prezident muhojirlar Rossiyaga mamlakat til va qonunlarini bilgan holda kelishi uchun MDH davlatlari bilan munozara olib borish kerakligini aytib o‘tgan.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga ishlash maqsadida kelmoqchi bo‘lganlar endilikda mamalakatga til, qonunchilik, shuningdek, huquq va xalqning urf-odatlarini bilgan holda kelishlari kerak.
Shuningdek, Prezident bu masalani ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi eng muhim yo‘nalishlardan biri deb atadi.
Bundan tashqari, u MDH davlatlaridagi hamkasblari bilan bu borada muhokamalarni boshlab yuborganini ta’kidlagan. Bunga misol tariqasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Rossiyaga amalga oshirgan tashrifini keltirib, O‘zbekiston bu borada yordam berishga tayyorligini aytgan.
“Shuningdek, bu jarayon bizning boshqa hamkorlarimiz, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan yo‘lga qo‘yilmoqda, bu hali boshlanishi", deya qo‘shimcha qilgan Putin.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi