Diqqat! Koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

Olam

image

Fransiyaning Marsel shahrida koronavirusning yangi shtammi aniqlandi. Bu haqda Marseldagi Yuqumli kasalliklar instituti olimlari tadqiqotiga asoslanib xabar berilgan

Tadqiqotga ko‘ra, Fransiya janubi-sharqidagi shaharlardan birining 12 nafar aholisida koronavirus variantlari bilan bog‘liq mutatsiyalarni aniqlash testlari “notipik kombinatsiya”ni ko‘rsatgan. 

Birinchi marta B.1.640.2 deb nomlangan koronavirusning yangi varianti 2021 yil noyabr oyida Kamerundan qaytgan odamda aniqlangan. Virus genomini tahlil qilish natijasida 46 ta mutatsiya aniqlangan. 

“Shunday qilib, genom mutatsiyalarining namunasi biz “IHU” deb atagan yangi variantdan dalolat beradi”, deb yozgan tadqiqotchilar. 

Ta’kidlanishicha, ular olgan ma’lumotlar koronavirusning yangi shtammlari paydo bo‘lishini oldindan belgilab bermaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, hozirda Fransiyada “omicron” tarqalmoqda, mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veranga ko‘ra, tez kunlarda bu variantning tarqalishi kengayadi.


Maqola muallifi

Teglar

covid-19

Baholaganlar

978

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar