Diqqat! Endi uy xarid qilib, mashina yutib olish mumkin

Biznes

image

Endi Toshkent shahri Sergeli tumanida qurilayotgan yangi turar-joy majmuasidan uy xarid qilib, aksiyaga qo‘yilgan 10 ta mashina yoki boshqa sovg‘alardan birini yutib olish imkoni bor. Xo‘sh, qanday qilib aksiyada ishtirok etish mumkin?

“Kamol Construstion” kompaniyasi tomonidan Toshkent shahri Sergeli tumanida qurilayotgan turar-joy majmuasi 2 500 ta xonadon iborat bo‘lib, ular uchun maxsus aksiya e’lon qilingan. Turar-joy majmuasidan uy xarid qilish orqali aksiyada ishtirok etish mumkin. 

Aksiya yutuqlariga 10 ta Damas mashinasi, 50 ta gaz plita, 50 ta muzlatkich, 50 ta kir yuvish mashinasi hamda 100 ta “Uno” restorani xizmatidan foydalanish uchun vaucher qo‘yilgan. Mazkur aksiya 2024 yilning 21 mart kuniga qadar davom etadi. 

Loyihaga ko‘ra, turar-joy majmuasi 29 ta blokdan iborat bo‘lib, 12 qavatli jami 2 500 ta xonadondan tarkib topgan. Binolarning birinchi qavatida aholiga qulaylik bo‘lishi uchun savdo do‘konlari hamda xizmat ko‘rsatishning bir necha turlarini taklif qiluvchi markazlar joy olgan. Har bir pod’ezda esa ikkitadan lift joylashtirilgan.

Shuningdek, binolar to‘liq pishiq g‘isht va quyma monolit asosida barpo etiladi. Bu orqali binoning zilzilabardoshligi ta’minlanadi, shovqin o‘tkazuvchanligi kamayadi, uning konstruksiyasi esa yanada mustahkamlanadi. Bino dizaynida ham alohida uslublardan foydalanilgan bo‘lib, unda qizil tusdagi g‘ishtlar ekstererning asosiy qismini egallaydi.

Yana bir qulaylik shundaki, 300 ta xonadonlarni chegirma asosida kvadrat metrini 6 700 000 so‘mdan xarid qilish mumkin. Bundan tashqari, xonadonlarni 10 oydan 40 oygacha bo‘lib to‘lash orqali sotib olish imkoni ham mavjud.

Kamol Construstion – yuqori sifatdagi hamyonbop uylar!

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

YouTube'da bizni kuzatib boring

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing