Diqqat, abituriyentlar! Yuridik universitetga IMTIHONSIZ qabul boshlandi

Biznes

image

215 yillik tarix. Dunyoning barcha nuqtalarida faoliyat yuritayotgan minglab huquqshunoslar. O‘ziga xos tajriba va xalqaro ta’lim sohasidagi peshqadamlik. Bu ta’riflarning barchasi Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universitetiga tegishli. Ikki asrdan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan ushbu oliy ta’lim muassasasiga o‘zbekistonlik talabalar hech qanday kirish IMTIHONISIZ qabul qilinishlariga, yetti fakultetdan birini tanlab, xalqaro darajadagi huquqshunos bo‘lib chiqishlariga ishonasizmi? 

 

Javob berishga shoshilmang! Toshkentlik So‘g‘diyona Mamaraimova, Maxliyo Shamsiyeva, samarqandlik Sharofiddin Mahmudov, Ravshan Ahmedov, qashqadaryolik Mahbuba Kamolova, Suxrobjon Sultonov ham auditoriya partasidan o‘z o‘rnini topib, qizg‘in o‘qish jarayoniga kirishib ketgunga qadar Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universitetiga Imtihonsiz kira olishlariga o‘zlari ham ishonmagan bo‘lsalar kerak. Ularning hayajoni birinchi kursni a’lo baholarga tugatganlarida yana bir bor ortgani aniq. Mazkur oliy ta’lim muassasasida esa ular kabi 100 dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Ular 8 yildan buyon Toshkent-Kiyev o‘rtasida ta’lim borasida aloqalarni bog‘lab, mingdan ortiq o‘zbekistonlik yigit-qizlarning Ukrainada o‘qishlarini ta’minlayotgan “Inside-A” ta’lim markazi orqali talabalik baxtiga muyassar bo‘lganlar. 

Jasorat va birgina qo‘ng‘iroq! Yuqorida nomlari keltirilgan yigit-qizlarning talaba bo‘lishlariga aynan shular sabab bo‘lgan. Ular “Inside-A” ta’lim markazi bilan bog‘landilar, suhbatdan o‘tdilar, barcha hujjatlarni topshirgach, evaziga samolyot chiptasini oldilar va yo‘lga otlandilar.

Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universitetida 11 mingdan ziyod talabalar tahsil olmoqda. Unda 7 ta umumiy fakultet, 2 ta sirtqi va 2 ta kechki ta’lim bo‘linmalari faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekistonliklar asosan Xalqaro huquq fakultetida o‘qib kelmoqdalar. Ushbu fakultetda nafaqat xorijiy mamlakatlardagi huquq sohasi, balki ingliz tilini ham mukammal o‘rganish mumkin. 

2018 yilda ushbu fakultetda qiyosiy huquq kafedrasi tashkil etildi va O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun 170 soat dars belgilandi. 

Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Yuriy Barabash joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonga tashrif buyurdi va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. 

O‘zbekistonda huquqshunoslik va boshqa ko‘plab sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan taniqli shaxslar ham bir vaqtlar Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universitetini tamomlaganlar. Jumladan, Toshkent viloyati prokurori S.I.Samadov, Qo‘qon hokimi  M.A.Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi faxriy sudyasi B.B.Yaxyoyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy sudi raisi B.T.Temirxonov, fuqarolik ishlari bo‘yicha tajribali sudya N.R.O‘rolova, Toshkent viloyati prokuraturasi bo‘lim boshliqlari A.D.Ahmedov, M.A.Ashurova, Jizzax viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Z.S.Xudoyberdiyev ushbu universitetni tamomlab, katta muvoffaqiyotga erishgan huquqshunoslardanlar. 

Kun kelib sizning nomingiz ham yuqoridagi ro‘yxatdan o‘rin olishini istasangiz, hoziroq “Inside-A” ta’lim markazi bilan bog‘laning. 

Shuningdek, “Inside-A” ta’lim markazi Ukrainadagi quyidagi OTMlarga IMTIHONSIZ kirish imkoningiz borligini yodga soladi:

1. Xarkov Milliy aviatsiya universiteti
2. V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti
3. Xarkov davlat boshqaruvi akademiyasi
4. Xarkov Milliy farmatsevtika universiteti
5. Xarkov Milliy politexnika universiteti
6. S. Kuznets nomidagi Xarkov Milliy Iqtisodiyot universiteti
7. Xarkov milliy tibbiyot universiteti

“Inside-A” ta’lim markazi oldidagi asosiy vazifalar:

•    Ukrainada oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlarga hujjatlarni topshirishda ko‘maklashish;
•    ta’lim uchun pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
•    samolyot chiptalari bilan ta’minlash;
•    talabani OTMni bitirgunga qadar yashash joyi bilan ta’minlash;
•    o‘quv jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ehtimolli muammolarni bartaraf etish.

Oliy ta’lim muassalarida ta’lim eng kamida 4 yil, ko‘pi bilan 6 yilgacha. O‘qishni bitirganlarga mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro diplom beriladi. Ta’lim tizimi ikki semestrga bo‘lingan. O‘zbekistonlik talabalar xohish va istaklariga ko‘ra, o‘qishlarini O‘zbekistondagi Oliy o‘quv yurtlariga ko‘chirishlari ham mumkin.

Abituriyentlar Ukrainaga borganidan so‘ng, birinchi haftaning o‘zidayoq doimiy yotoqxona bilan ta’minlanadi. Ota-onalar uchun O‘zbekistondan turib, farzandlari darslarga qatnayotganini kuzatish, davomatni elektron nazorat qilib borish, o‘zlashtirishi, fanlardan olayotgan baholaridan boxabar bo‘lish imkoniyati yaratilgan.
 
Rus tilini bilmaganlar uchun qo‘shimcha bepul kurslar mavjud.
 
OTMlarga hujjat topshirish joriy yilning 1 noyabriga qadar davom etadi. O‘qishga yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
 
•  Fuqarolik pasporti nusxasi
•  Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi
•  Maktab yoki kasb-hunar kolleji diplomi va ilovasi
 
Shoshiling, o‘rinlar soni chegaralangan. Imtihonsiz talaba bo‘ling!
 
Manzil: Toshkent, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 1-A uy
Metroning Habib Abdullayev
Mo‘ljal: Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi
 
Telefonlar: +998977223010, +998974223010, +998974333010

Batafsil ma’lumot uchun:
 
Telegram: @inside-a info

Facebook: inside_a_study

Instagram: @inside_a_study

Sayt: insidea.info
 

Reklama huquqi asosida
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1722

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing