Di Mariya Italiya A Seriyasi klubi bilan shartnoma imzolaydi

Sport

image

Argentina milliy terma jamoasi va PSJning sobiq futbolchisi Anxel Di Mariya Italiyaning “Yuventus” klubi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik vinger “zebralarning”ning bir yillik taklifini qabul qilgan. Hozirda tomonlar bitimning oxirgi tafsilotlarni hal qilib ulgurgan. Endilikda Di Mariyaning shartnomaga qo‘l qo‘yishi qolgan, xolos.

Qayd etilishicha, shu yozda PSJni tekinga tark etgan futbolchi 2022 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yana bir mavsumni Yevropada o‘tkazib, keyin Argentinaga qaytish niyatida. Vatanida Di Mariya yana bir necha mavsum futbol o‘ynashni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Anxel Di Mariya PSJ safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali argentinalik iqtidor egasini 12 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing