Deputatlar O‘zbekiston Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 26 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi veb-saytida xabar berildi.

Majlisda ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati o‘z faoliyatini qonunosti hujjatlari asosida yuritib kelmoqda. Ushbu qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etish uchun shaffof huquqiy asosini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Mazkur qonun loyihasining ishlab chiqilishiga MDH ishtirokchi davlatlar rahbarlari kengashi a’zolari tomonidan 2008 yil 10 oktyabrdagi imzolangan MDH ishtirokchi davlatlarining davlat qo‘riqloviga olingan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik kelishuvi ham asos bo‘lib xizmat qilgan.

Qonun loyhasida qo‘riqlanishi belgilangan shaxslarning toifasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida davlat organlari bilan hamkorlik qilish masalalari o‘z aksini topgan. Shuningdek, loyihada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining huquq va majburiyatlari aniq belgilanishi barobarida, ushbu xizmatning faoliyatini nazorat qilish tartibi ham nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, loyiha O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Qonun loyihasini ishlab chiqishda xorijiy davlatlar, xususan, AQSH, Rossiya, Koreya davlatlarining sohadagi qonunchilik asoslari atroflicha o‘rganilgan. Qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini MDH davlatlari bilan imzolangan xalqaro shartnomalarga muvofiqlashtirish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

244

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing