Deputatlar taksichilardan litsenziya so‘ramaslikni taklif qildi
Jamiyat
−
20 yanvar 2021
6171Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlashga bag‘ishlangan fraksiyalararo munozara o‘tkazildi.
Unda O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Shuhrat Sharafutdinov ta’kidlashicha, shaxsiy avtotransportidan foydalangan holda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatish orqali faoliyat yuritayotganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. U mazkur turdagi faoliyatni loyihada belgilangan “Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan” faoliyat turidan chiqarib, “Vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan” faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritishni, ya’ni taksi xizmatini ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga o‘z faoliyatlarini qonuniy amalga oshirishlarida yengillik yaratishni ilgari surdi.
Deputatga ko‘ra, ushbu faoliyat turini bir ro‘yxatdan ikkinchi ro‘yxatga olinishi haydovchilarga yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish uchun ruxsatnoma olish jarayonini yengillashtiradi va to‘lov summasini adolatli belgilanishiga olib keladi.
LiveBarchasi