Deputatlar migrantlarga oid yangi qonunni qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 22 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar "Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ko‘rib chiqdi. 

Qayd etilishicha, qonun loyihasida tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanyapti. 

Parlament quyi palatasiga ko‘ra, qonun loyihasida sohada qo‘llanilib kelinayotgan tushunchalarning mazmun-mohiyati ochib berilmoqda. 

Shuningdek, loyihada nazarda tutilayotgan normalar bilan uyushgan holda ishga joylashtiriladigan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarni reintegratsiya qilish tartibi tizimlashtiriladi.

Majlisda qonun uchinchi o‘qishda qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

810

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing