“Deputatlar kiritgan Qonunlar barmoq bilan sanarli”. Prezident partiyalarni tanqid qildi
Jamiyat
−
03 fevral 2021 5908 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 2 fevral kuni O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashdi. Unda Prezident siyosiy partiyalarni faollashishga chaqirgan. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
“Adolatli mezon bo‘lsa, to‘rt yilda qilgan islohotlarimiz… parlamentimiz qanday edi-yu, qanday bo‘ldi? Deputatlarning obro‘si qanday edi-yu, qanday bo‘ldi? O‘zingizlarning fikrlaringizni aytyapsizlar, o‘zingizlarning yo‘nalishlaringizni aytyapsizlar… Sizlar bilan uchrashishimdan maqsad – quyi pog‘onadagi Kengashlarning obro‘sini ko‘tarmasak, quyi pog‘onadagi Kengashlarda har bitta partiyaning ovozi bo‘lmasa, talab qilmasa, raqobat bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi”, deydi Prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, deputatlar tashabbusi bilan taklif etilgan qonunlar soni barmoq bilan sanarli holga kelib qolgan. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 2,5 million a’zoga ega siyosiy partiyalar va ijro hokimiyati o‘rtasida joylarda yaqin hamkorlik umuman yo‘qligini aytib o‘tdi.
“Biz mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq deyarli barcha masalalarni Prezident hujjatlari bilan tartibga solishga majbur bo‘lyapmiz”, deya ta’kidladi Prezident uchrashuvda.
Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, o‘tgan 2020 yil parlament tomonidan qabul qilingan 70 ta Qonun orasida deputatlar tashabbusi bilan partiya vazifalaridan kelib chiqib, kiritilgan Qonunlarni barmoq bilan sanasa bo‘ladi va partiyalarning yoshlar va ayollar qanotlari ham nomiga ishlaydi.
Live
Barchasi