Deputatlar byudjet muhokamasi chog‘ida mushtlashib ketdi (video)
Olam
−
06 dekabr 2022 22183 1 daqiqa
Turkiya Buyuk Millat Majlisida (parlament) byudjet muhokamasi chog‘ida deputatlar o‘rtasida mushtlashuv bo‘lib o‘tdi. Deputatlardan biri boshidan jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Sputnik Turkiya” xabar berdi.
“Byudjet muhokamalarining ikkinchi kunida parlament umumiy yig‘ilishida keskinlik yuzaga keldi. Deputatlar o‘rtasidagi og‘zaki janjal mojaroga aylanib ketdi. “Iyi” (“Yaxshi”) partiyasi a’zosi Husayn O‘rs mushtlashuv vaqtida boshidan jarohat olib kasalxonaga yotqizildi”, deyiladi xabarda.
Yig‘ilishga raislik qilgan parlament vitse-spikeri Haydar Akar bu janjaldan so‘ng majlisni 10 daqiqaga to‘xtatgan.
Eslatib o‘tamiz, Senegal parlamenti a’zolari ham mamlakat byudjeti bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish vaqtida mushtlashib ketgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi