Deputatlar Hukumatga Parlament so‘rovini yuboradi

Jamiyat

image

Bugun, 22 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining o‘tkazilgan majlisida deputatlar qonun loyihalarini muhokama qilish barobarida o‘z vakolatlaridan foydalanib, boshqa dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdi.

Xususan, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Abduhakimovga "O‘zbekiston Respublikasida onkologik bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, xususan mintaqalararo "xospis"larni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Parlament so‘rovini yuborishga qaror qildi.

Shuningdek, Parlament a’zolarining taklifiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Husanovga "Aholini ish bilan ta’minlash doirasida mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning chet ellarda mehnat qilishiga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida vazirlik tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Parlament so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Deputatlar Hukumatga Parlament so'rovini yuboradi

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar