Deputat Qobil Dusov Yashnobod tumani aholisi bilan yoqalashdi

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Bo‘stonliq tuman Kengashi deputati Qobil Dusov Yashnobod tuman aholisi bilan janjallashayotgani videosi tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, deputat ko‘pxonadonli uyning birinchi qavatidan ofis olgan va u yerga Maxtumquli ko‘chasidan to‘g‘ri yo‘l solmoqchi bo‘lgan. Bunga mahalliy aholi qarshilik ko‘rsatgan, chunki yangi yo‘l u yerda joylashgan bolalar maydonchasiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan.

Eng asosiysi, deputat ushbu yo‘lni o‘tkazish uchun tegishli organlardan olingan hech qanday ruxsatnomani ko‘rsatmagan. Ruxsatnomani ko‘rsatishni talab qilgan mahaliy aholiga deputat hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lgan. Xususan, deputat yoshi o‘zidan katta bo‘lgan odamga qarab “San kimsan o‘zing?”, deb baqirgani, yana bir kishi bilan yoqalashgani videoda aks etgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq deputat Qobil Dusov ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining ziddiyatli fikrlari, jumladan ayollarni davlat boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi so‘zlari bilan chiqish qilib, ko‘plab tanqidlarga uchragan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

316

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing