Departament noqonuniy muomalada bo‘lgan qancha dollar olib qo‘yilganini ochiqladi
Jamiyat
−
08 fevral 2020
4877Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan noqonuniy muomaladagi 3 mln 306 ming AQSH dollari va 6,9 mlrd so‘m olib qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirokida kengaytirilgan hay’at majlisida ma’lum qilindi.
Xabarga ko‘ra, Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida aybdor shaxslardan jami 2 trln 341 mlrd so‘mlik zararni qoplanishi ta’minlangan.
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning profilaktikasini samarali tashkil etish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 647 ta muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Natijada umumiy jinoyatchilikni 6 foizga kamayishiga erishildi, 3.074 ta mahallada jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Prokuror protestlariga asosan jinoiy sudlarning 1 997 nafar shaxsga nisbatan qarorlari, shuningdek, fuqarolik sudlarining 1 455 ta, iqtisodiy sudlarning 786 ta, ma’muriy sudlarning 1 085 ta qarorlari o‘zgartirilishi yoki qonunga muvofiqlashtirilishi ta’minlandi. Prokuratura organlari tomonidan 2019 yilda 313 mingdan ortiq fuqaroning murojaati bevosita prokuratura organlarida hal etilgan, 46 mingdan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan byudjetga 1,4 trln so‘mga yaqin mablag‘ qo‘shimcha hisoblanib, shundan 563 mlrd so‘m undirildi. Noqonuniy muomaladagi 3 mln 306 ming dollar va 6,9 mlrd so‘m olib qo‘yilgan.