Denovdagi tug‘ruq kompleksida ayollar yerda yotgan. Holatga rasmiy izoh berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda tug‘uruqxonada tasvirga olingan video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu lavhalar Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi tug‘uruqxonalardan birida olingan. Tasvirda bemor ayollarning yerda yotganliklarini ko‘rish mumkin. Holat yuzasidan Zamon dasturi muxbiri ushbu tug‘uruqxona mutasaddisidan intervyu oldi.

Uning aytishicha, bu doimiy ro‘y beradigan holat emas. Ba’zi sabablarga ko‘ra, vaziyat shuni taqozo qilgan va hozirda muammo bartaraf etilgan.

“Denov tumani tug‘uruq kompleksi mavjud va u 60 o‘ringa mo‘ljallangan. Bundan tashqari, tumanda Surxondaryo 2-son viloyat terminatal markazi ham joylashgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining 180-sonli qaroriga muvofiq, u yerda chala, nimjon va kasallik bilan tug‘ilgan hamda muddatidan oldin tug‘ilishi kutilayotgan bemorlar qabul qilinishi kerak. Ushbu tumandagi markaz esa Denov, Sariosiyo, Sho‘rchi, Oltinsoy va Uzun tumanlaridagi shunday bemorlarni ham qabul qiladi”, deydi mutasaddi xodim.

Ta’kidlanishicha, Denov tumani tug‘ruq kompleksi 1 apreldan 19 aprelga qadar ta’mirlash uchun vaqtincha yopilgani munosabati bilan viloyat terminatal markazi bemorlarini ham qabul qilgan. 60 o‘ringa mo‘ljallangan kompleksda bir sutkada o‘rtacha 30 tadan 50 tagacha tug‘uruq kuzatiladi. Har bitta tuqqan ayol uch kun kuzatuvda bo‘lishi munosabati bilan joy yetishmasligi muammosi kelib chiqqan. 

“Biz hattoki, qo‘shimcha 10 ta karavot ham kiritdik. Aynan o‘sha kuni tug‘ruqlar soni 51 taga yetgani uchun bir necha soat davomida joy tanqisligi kuzatildi, ammo muammo o‘sha kuniyoq bartaraf etilgan“ deydi u.

Mutasaddining aytishicha, hozirda ushbu muammo bartaraf etilgan.

Iqbol Ergashova

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

222

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing