Denovdagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 7 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi savdo majmuasida sodir bo‘lgan kuchli portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Savdo majmuasida yuzaga kelgan portlash bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 257 (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 259 (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, portlash soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasi binosida sodir bo‘lgan. Portlash natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgan.

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 04:02 da voqea joyiga yetib borib, chaqnash natijasida sodir bo‘lgan yong‘inni soat 04:25 da o‘chirgan.

Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.

Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqeada 9 kishi jarohatlandi. Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostidan ikki kishining jasadi topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

426

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing