Denis Istomin xalqaro musobaqada g‘olib chiqdi
Sport
−
31 Oktyabr 2022 4381 1 daqiqa
Italiyaning Ortizei shaharchasi mezbonlik qilgan tennis bo‘yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnir yakunlandi. O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin musobqaning juftlik bahslarida ishtirok etdi.
Rossiyalik Yevgeniy Karlovskiy bilan tandem hosil qilgan Denis turnirning finalida ispaniyalik Serxio Martos Gornes hamda italiyalik Marko Bortolotti tandemiga qarshi kortga chiqdi. 1 soatdan ortiq davom etgan bahs yakunida 6/3, 7/5 hisobida Istomin-Karlovskiy tandemi g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi hisoblangan 36 yoshli Denis Istomin ATP reytingida 447-o‘rinni band etgan.
Eslatib o‘tamiz, Ortizeidagi sovrin Istomin uchun faoliyati davomida juftlikda qo‘lga kiritilgan 3-titul hisobalandi.
Shaxzod Shukurov
Live
Barchasi