Demokratlarga ovoz berib kelgan Mask endi respublikachilar tarafda

Olam

image

Twitter egasi Ilon Mask Demokratlar partiyasidan bo‘lgan amaldagi AQSH Prezidenti Jo Baydenga qarshi muvozanat yaratish uchun AQSH Kongressiga saylovlarda Respublikachilarga ovoz berishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida yozgan.

“Hokimiyatlarning bo‘linishi har ikki partiyaning eng yomonini cheklaydi, shuning uchun men Prezident demokrat ekanligini hisobga olib, Respublikachilar Kongressiga ovoz berishni tavsiya qilaman. Doimiy respublikachilar va demokratlar hech qachon boshqa tomon uchun ovoz bermaydilar, shuning uchun kim mas’ul bo‘lishini mustaqil saylovchilar hal qiladilar”, deydi Mask.

Shuningdek, u bu yilga qadar doim demokratlarga ovoz berib kelganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, bugun, 8 noyabr kuni AQSH Kongressiga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Vakillar palatasining butun tarkibi (435 a’zo), shuningdek, Senatning uchdan bir qismi (100 senatordan 35 tasi) butunlay qayta saylanadi.

8 noyabr – Qo‘shma Shtatlarda taqvimdagi qizil kun, Amerikaning kelgusi yillardagi siyosiy yo‘nalishini hal qiladigan oraliq saylovlar bo‘lib o‘tadigan kun sifatida belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

267

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing