Amaldorlarning topgan-tutgani qanday nazorat qilinadi? Ular qarindoshlar orqali boylik orttirishi mumkinmi?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 6 iyulda qabul qilgan PF-6257-sonli "Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida 2022 yil 1 yanvardan boshlab, davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari, o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi belgilangan.

Farmonda davlat xizmatchisi tomonidan deklaratsiyani to‘lidirish bilan bog‘liq tartiblar buzilgan taqdirda, uni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘lishi, xususan daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan.

Farmonning 4-bandida amaldorlar va ularning oila a’zolari mol-mulklari ham deklaratsiyaga kiritilishi va bularning barchasi tekshiruvdan o‘tkazilishi belgilangan. Farmonga bu bandning kirtilishi va bu haqda bot-bot takrorlanishi amaldorlarga oldindan o‘ziga tegishli mol-mulklarini yoki kelajakda ortirishi mumkin bo‘lgan boyliklarini birlamchi emas, balki ikkilamchi qarindoshlariga rasmiylashtirishi kerakligi haqida emasmi? QALAMPIR.UZ jurnalisti shu savol bilan Korrrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonovga yuzlandi.

“Deklaratsiyalar joriy etiladi, degan gapning o‘zi privintiv chora hisoblanadi. Davlat xizmatchisi pora olganidan keyin, shu pulga nimadir sotib olsam-u qaysi mablag‘ evaziga olganimni isbotlay olmasam, deb o‘ylaydi. Ko‘pchilikda mol-mulkni qaysidir qarindosh urug‘ining nomiga rasmiylashtirishi mumkin, degan fikr paydo bo‘lyapti. Biroq, bir kun kelib undan foydalanadi-ku. Nomida bo‘lmasa, bo‘ldi degan gap yo‘q. Agar qaysidir mansabdorga tegishli mol-mulk, boshqa kishining nomidaligidan qat’i nazar unga tegishli ekani isbotlansa, choralar ko‘rilishi va javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘la oladi. Farmonda ham bu haqda aytilgan, 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab ushbu tizim joriy etiladi. 

Bu ham odamlarning mas’uliyatini oshiradi. Qonunga yangi norma kiritilishi ham reja qilingan. Xorijiy ekspertlar nafaqat daromadlarni, balki qaysidir summadan ortiq buyum sotib olsa ham deklaratsiyada ko‘rsatishi kerakligini taklif qilishyapti. Albatta, birovni nomiga o‘tkazib qo‘yish haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Deylik tilla taqinchoq sotib olib, qarindoshiga berib qo‘ymaydi-ku”, deydi Akmal Burxonov. 

Agentlik direktorining so‘zlariga ko‘ra, har bir insonning Konstitutsiyadagi belgilangan mulkiy huquqlari bor. Kimningdir xatosi uchun boshqa bir kishi javob berishi – inson huquqlariga zid. Bu tizimning ishga tushishi davlat xizmatchilari halol bo‘lishlari, boylik orttirsalar ham qonuniy boylik orttirishlariga qaratilgan katta privintiv chora hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing