Dehlidagi yong‘inda 27 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Hindiston poytaxti Dehlidagi binolardan birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohat oldi. NDTV telekanaliga ko‘ra, shahar g‘arbidagi Mundka metro bekati yaqinidagi 4 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgan.

Dehli politsiyasining ma’lum qilishicha, 60 ga yaqin odam qutqarilgan, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Halok bo‘lganlar soni ortishi mumkinligi istisno etilmagan. Yong‘in sabablari hozircha ma’lum emas.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Twitter’ida yong‘in oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik izhor qildi:

“Dehlidagi fojiali yong‘in qurbonlari uchun chuqur taassufdaman. Men oilalarning qayg‘usiga sherikman va jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman”.

Modi halok bo‘lganlarning oilalariga 2500 dollar, yaradorlarga esa 650 dollar to‘lashini ma’lum qildi.

2019 yilda Nyu-Dehlida qisqa elektr tutashuvi natijasida kelib chiqqan yong‘in 43 kishining hayotiga zomin bo‘lgandi. 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Dehlidagi yong'in

Baholaganlar

29

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar