Dehqonobodda ayollar ichimlik suvi talashib janjallashdi
3-sahifa
−
21 aprel 2022
12104Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida ayollar ichimlik suvi talashib, janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan tuman hokimligi Matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, mahalla hududidagi buloq qish va bahor faslining o‘z vaqtida yog‘ingarchiliklarsiz kelgani hisobiga qurib qolyapti. To‘g‘rirog‘i, suv chiqishi ancha kamaygan. Tumandagi Dusha, Galabuloq va Obiravon qishloqlarida haqiqatan ham ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo bor. Videodagi holat Dusha qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
Biroq, mazkur muammo mas’ullar, shaxsan tuman hokimi nazoratiga olingan bo‘lib, aholining suvsizlik masalasidagi har bir murojaati o‘z vaqtida o‘rganilgan. Hatto, o‘tgan mavsumda suv tashuvchi maxsus avtomobillar orqali aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berilgan.
Sherdil Ergashev hamda Suyun Allanazarovlar ham mazkur masala yuzasidan 20 aprel kuni mazkur hududda bo‘lib, aholiga 2022 yil yakuniga qadar Oqsuv suvi tortib kelinishini, Doqqi—Boyqo‘rg‘on suv quvuri ta’mirlanishini ma’lum qilgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur qishloqdagi ichimlik suvi muammosi 2021 yilning yozida ham yuzaga kelgan. O‘shanda aholiga arzon ichimlik suvi yetkazib berilgan.
LiveBarchasi