“Davr“ efiri nega to‘xtatilgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston OAVlari va ijtimoiy tarmoqlarda "Yoshlar" teleradiokanalida efirga uzatiladigan "Davr" informatsion dasturi yopilgani haqida xabar berilgan edi. Bugun, 20 may kuni teleradiokanal direktorining birinchi o‘rinbosari Husniddin Ergashev o‘zining Facebook’dagi sahifasida ushbu holat bo‘yicha bayonot berdi.

"Karantin munosabati bilan telekanallar faoliyatida cheklovlar  joriy etilganligi bois, xodimlar va texnika resurslaridan unumli foydalanish maqsadida, vaqtinchalik chora sifatida informatsion dasturlar markazlashgan holda tayyorlanib efirga uzatilmoqda", deydi Husniddin Ergashev.

Shuningdek, u informatsion dasturlar qachon o‘z teleradiokanalida efirga uzatilishi haqida ham aytib o‘tdi.

"Karantin cheklovlariga yengillik berilgach, har bir telekanal o‘z informatsion dasturini o‘zi tayyorlab efirga uzatish tizimiga qaytadi", deydi teleradiokanal direktorining birinchi o‘rinbosari.

 

Maqola muallifi

Teglar

Davr

Baholaganlar

933

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar