“Davr bank” hisobidan 15 mlrd “uxlatildi”. IIB 11 kishini ushladi
3-sahifa
−
03 avgust 2022
16525Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda "Davr bank" hisob raqamidan 15 mlrd so‘m pul o‘g‘irlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7 iyul kuni 1976 yilda tug‘ilgan S.Sh. o‘zining jinoiy sheriklari bilan o‘zaro til biriktirib, poytaxtning “Davr bank” XATB tizimiga ruxsatsiz kirish orqali 15 milliard so‘m miqdordagi pullarni o‘zining jinoiy sherigi 2000 yilda tug‘ilgan N.Sh.ning nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazgan.
So‘ng N.Sh. ushbu pullarning 11 mlrd 453 mln 244 ming 343 so‘m miqdorini noqonuniy o‘zlashtirgan. Yechib olingan pullar jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida taqsimlangan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (“Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkent shahar IIBB tomonidan olib borilgan tezkor tergov harakatlari natijasida 11 nafar fuqarolar gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Shuningdek ikki nafar gumonlanuvchilar 1986 yilda tug‘ilgan U.S. hamda 1988 yilda tug‘ilgan A.E.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda. Tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi