Davlatning “oltin aksiya” huquqi bekor qilindi
Jamiyat
−
31 mart 2022
5912Joriy yilning 29 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra unitar korxonada kuzatuv kengashi tashkil etilishi va kengash korxonaning boshqaruv organi bo‘lishi mumkinligi belgilandi.
Davlatning ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini beruvchi “oltin aksiya”ga oid normalar qonunchilikdan chiqarib tashlandi.
Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a’zolarining vakolati 1 yildan 3 yilga uzaytirildi.
Yuridik shaxslarning ustav fondida kamida 5 foiz ulushga ega bo‘lgan ishtirokchilar va aksiyadorlar auditorlik tekshiruvining buyurtmachilari bo‘lishi mumkinligi belgilandi. Ilgari 10 foiz edi.
LiveBarchasi