Davlatning bir so‘miga xiyonat qilmadim, charchadim... – Jahongir Ortiqxo‘jayev

Jamiyat

Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Kosmonavtlar maydonida Vladimir Jonibekov haykali atrofi Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasidan xulosa olinmay turib ta’mirlash ishlari boshlangani haqida xabar bergan edik. Bugun, 16 fevral kuni Toshkentdagi qurilish va ta’mirlash ishlari yuzasidan poytaxt hokimligida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanga to‘satdan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham kirib kelib, hokimlik lavozimini egallab kelayotganidan buyon 35 mashinasidan 6 ta qolgani, hammasini sotib, Toshkentga tikkani, o‘zi esa davlatning bir so‘miga ham xiyonat qilmaganini aytdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova xabar bermoqda. 

“Hozir “Nima maqsad bor?”, Nima quryapti?”, deb homiylar to‘g‘risida gap ketdi. To‘g‘risi, men ham bu narsadan charchadim.  Ochiqchasiga aytamanki, men katta kompaniyaning rahbari bo‘lganman. Men o‘zi yoshligimdan siyosatchi bo‘lmaganman. Bilasizlar. Xohlaysizmi, xohlamaysizmi, mening tarixim ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Men siyosatchi bo‘lmaganman. Hokimlik masalasiga kelsak, men mana shu yurtni farzandiman. Bozorim ham, mozorim ham shu yer. 

Uch yarim yillik faoliyatim bo‘yicha, qo‘ldan kelgancha oldingi ishlagan kompaniyam yordam berib, homiylik qilib keldi. Agar bugungi homiylikni ochiq-oydin aytsang, savobini bu dunyoda olasan. Qilayotgan yaxshiliklaringni aytsang, savob bo‘lmaydi, riyo bo‘ladi deyishgan. Shu sabab bugungacha aytmadim, lekin bugun ko‘pchilik surishtirdi. 

Men ishlagan kompaniya AKFA, ARTEL ko‘p narsalardan voz kechyapti: faqat ishlab chiqarishni olib qolib, magazin, supermarketlarini sotishga qaror qildik. Bu yil Ecobozor’ni sotdi, uning pulini yarmini bozor qarzlariga berdik, qolganini shaharga homiylikka bermoqchi. AKFA MEDLINE kompaniyamiz o‘tgan yili 75 nafar yurak nuqsoni bilan xastalangan bolalarni tekinga operatsiya qilib bergan bo‘lsa, bu yili 200 nafarini [operatsiya] qiladi. Bularni aytmoqchi emas edim. Aytish kerak ekan. Aytishga majbur qilishyapti. Aytmaganim gunoh.

O‘zbekistondagi eng qiynalgan bollarni operatsiya qilishdi. Bundan tashqari,  bu yil ham AKFA, ARTEL kompaniyasi yordam berish maqsadida “Nima yordam qilaylik? Chunki siz bizda ishlagansiz”, deyishdi. Ular o‘z mol-mulklarini sotmoqda.  Yarmini bankning kreditlarini qutilishga beryapti, yarmini shaharga parklar, alleyalar, operatsiya va kambag‘allarga yordam berishga sarflamoqda.

Bu yil menga “80 mlrdlik yordam beraman”, dedi. Shunga asoslanib, ularga o‘z iltimoslarimni aytdim. Men boshqa hech narsa deya olmayman.  Men charchadim. Men uch yarim yil ishlagan bo‘lsam ham davlatdan bir so‘m pul olib xiyonat qilmaganman. 

Bir so‘m pul bilan shaharga xiyonat qilgan bo‘lsam, farzandlarimning xuniga qolay. Oldimdan qo‘shgan bo‘lsam, qo‘shdim. Topganimni bergan bo‘lsam, berdim. Bir so‘m pul olmadim. 

Men shahar hokimi bo‘lishimdan oldin 35 ta mashinam bor edi. Men mashinalarni juda yaxshi ko‘raman. Hozir 6 ta mashinam qoldi. Yaqinda yana bir mashinamni auksionga qo‘yaman va uning sotilgan puli bilan yuragida nuqsoni bo‘lgan bolalarni operatsiya qilishga yordam beraman. Agar bular gunoh bo‘lsa, men roziman.

Agar “Ishlatmang, bular gunoh”, desangiz, bunga ham roziman. Lekin men shu kungacha davlatga bir so‘m xiyonat qilmadim. Buni 100 foiz bilaman. Lekin mening aybim, aytmaganim. Qilgan narsalarni aytib turish kerak ekan.

Sergelidan uyi yo‘q, podval, poyezdlarda yashaydigan odamlarga bir vaqtlar 400 ta kvartira xayriya qilgan edik. Aytmagandik, aytish kerak ekan. Bugun afsuslanyapman.

Lekin bemalol ishonsanglar bo‘ladi. Men davlatga bir so‘m xiyonat qilmaganman. Bironta xalqning pulini cho‘ntagimga tiqqanim yo‘q. Borim shu. Rahmat.

”, deydi Ortiqxo‘jayev.

Material to‘ldirilmoqda


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

772

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing