Davlatning 338 mlrd so‘mi yeb yuborilgani aniqlandi

Olam

image

O‘zbekistonda o‘tgan yili davlat byudjetidan 338 mlrd so‘m noqonuniy xarajat va o‘zlashtirishlar aniqlangan. Davlat xaridlarida esa 763 holatda 971, 1 mlrd so‘mlik manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan. Bu haqda bugun, 14 mart kuni Hisob palatasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etgan hisobotida so‘z boradi. 

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida Hisob palatasining 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti ko‘rib chiqildi. 

Palata tahlillariga ko‘ra, o‘tgan yili 338 mlrd so‘m noqonuniy xarajat va o‘zlashtirishlar aniqlanib,  ularni byudjetga qaytarish choralari ko‘rilgan. Davlat xaridlarida esa 763 holatda 971,1 mlrd so‘mlik manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani, shuningdek, davlat byudjetiga 527 mlrd so‘m qo‘shimcha manbalar aniqlangan. 

Tekshirishlar natijasida 536 nafar shaxslar ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortilgan, 285 nafar mansabdor rasman ogohlantirilgan. O‘rganishlarda 5 trln so‘mlik 783 ta ob’ektlar belgilangan muddatida foydalanishga topshirilmagani aniqlangan. Qolaversa, o‘tgan yili ijtimoiy sohada jami 301,4 mldr so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar borligi ma’lum bo‘lgan. 

Deputatlar ushbu masala yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar bergan va uni ma’qullagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

402

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing