Davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligi reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston qaysi o‘rinda?
Jamiyat
−
23 aprel 2022
20801Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksining (The Global Food Security Index) o‘ninchi nashri e’lon qilindi. O‘zbekiston ushbu reytingda 53,8 ball to‘plab, 78-o‘rinni egalladi.
To‘plangan ball O‘zbekistonga oziq-ovqat xavfsizligi o‘rtacha darajada bo‘lgan davlatlar guruhida o‘z o‘rnini saqlab qolish imkonini bergan.
Global indeks oziq-ovqat xavfsizligi holatini to‘rtta mezon bo‘yicha tekshiradi:
• oziq-ovqat mavjudligi;
• ularning miqdori;
• sifati va xavfsizligi;
• tabiiy resurslarning xilma-xilligi va ularning barqarorligi.
Global reytingga Economist Impact jurnali tomonidan mintaqaviy xilma-xillik, iqtisodiy ahamiyat, aholi soni va boshqa ko‘rsatkichlar asosida tanlangan jami 113 ta davlat kiradi.
Ta’kidlash joizki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti talablariga ko‘ra, oziq-ovqat xavfsizligi faqatgina yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni anglatmaydi, balki o‘z fuqarolarining ehtiyojlarini qondirish uchun zarur miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish imkoniyati ham tushuniladi.
O‘zbekiston reytingda
• oziq-ovqat mavjudligi bo‘yicha 49,3 ball bilan 81-o‘rin;
• miqdori bo‘yicha 51,3 ball bilan 76-o‘rin;
• sifati va xavfsizligi bo‘yicha 65,1 ball bilan 60-o‘rin;
• tabiiy resurslarning xilma-xilligi va barqarorligi bo‘yicha 55,4 ball bilan 30-o‘rinni egallagan.
Ma’lumot uchun, reytingda birinchi o‘rinni 84,0 ball bilan Irlandiya, ikkinchi o‘rinni 81,3 ball bilan Avstriya, uchinchi o‘rinni 81,0 ball bilan Buyuk Britaniya, to‘rttinchi o‘rinni 80,9 ball bilan Finlyandiya va beshinchi o‘rinni 80,4 ball bilan Shveysariya band qilgan.
Reytingni oxirgi o‘rinlardan esa Malavi, Sudan, Mozambik, Yaman va Burundi davlatlari joy egallagan.
LiveBarchasi