Davlatlarning harbiy salohiyat reytingi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Jamiyat

image

O‘zbekiston harbiy salohiyat bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi, dunyo bo‘ylab 51-o‘rinni egalladi. Bu haqda “Global Firepower”ning yangilangan reytingida qayd etilgan

Mutaxassislar qurolli kuchlarni ellikta parametr bo‘yicha baholagan. Ular orasida qo‘shinlar soni, texnik ta’minot, moliyalashtirish va askarlar harakatchanligi ko‘rsatkichlari kabi mezonlar mavjud.

Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari orasida O‘zbekiston eng yaxshi natijalarga erishdi: respublika reytingning 51-pog‘onasini egalladi. Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston mos ravishda 61, 86 va 93-o‘rinlardan joy olgan.

Qayd etish kerakki, gumanitar inqiroz yoqasida turgan Afg‘oniston 75-o‘rinda qayd etilgan. Markaziy Osiyo bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich Tojikistonga tegishli – 99-o‘rin. “Tolibon”ning harbiy harakatlari fonida rasmiy Dushanbening xavotirga tushib qolgani ham bekorga emas ekan.  

Harbiy salohiyati dunyo bo‘yicha eng yuqori davlatlarga keladigan bo‘lsak, AQSH birinchi, Rossiya ikkinchi, Xitoy armiyasi esa uchinchi o‘rindan joy olgan. 

Mutaxassislar to‘rtinchi o‘rinni Hindistonga berishdi, Yaponiya esa kuchli beshtalikka kirdi. Dunyoning eng kuchli armiyalari o‘nligiga Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Braziliya va Pokiston ham kiradi.

Ma’lumot uchun, “Global Firepower” reytingiga jami 140 ta davlat kiritilgan. Ro‘yxatning eng quyi pog‘onasidagi davlatlar orasida Butan, Kosovo va Liberiya bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2375

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing